Yangiliklar
Yangiliklar
2023-02-22
Tadbir davomida, 21 nafar fuqarolarga ishga joylashtirish uchun yo‘llanma va 8 nafar yoshlarga o‘z-o‘zini band qilishlari uchun asbob-uskunalar berildi. Jumladan, 3 nafariga tikuvchilik, 5 nafariga qandolatchi yo'nalishlariga asbob uskunalar berildi. Shuningdek, prokuror sektorida istiqomat qiluvchi 5 nafar yoshlarga to‘lov kontraktining bir qismini to‘lab berilishi yuzasidan sertifikatlar topshirilib, 55 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar berildi.
Mehnat yarmarkasi yakunida 25 nafar ishsiz ayollar “Ruso‘zbekteks” xorijiy korxonasiga taklif etilib, korxonada ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi va ularga ham ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar topshirildi.