Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

O'zbekiston tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda tuman Prokuraturasi hamkorligida mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar, “Ayollar va yoshlar daftarlari”ga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.

error

2023-02-23

Mehnat yarmarkasi ishtirokchilariga tumandagi 112 ta davlat va xususiy korxona-tashkilotlar tomonidan 440 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. Tadbirda 6 nafar fuqarolarga doimiy, 15 nafari esa haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berildi. 17 nafar xotin-qizlar esa tikuvchilik yo‘nalishida ikki oylik kasb-hunarga qayta o‘qitish kurslariga yo‘naltirildi.  Yarmarka ishtirokchilari hisoblangan “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatini boshlab, daromad olishlariga ko‘maklashish maqsadida AT “Xalq banki” tuman filiali tomonidan ularning 6 nafari bilan tegishli tartibda shartnomalar tuzilib, jami 42 million so‘mlik zaruriy mehnat ashyolari olishlari uchun imtiyozli kreditlar ajratildi. Tadbir davomida hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan 3 nafar ayollarga subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinalari ham bepul topshirildi.

Shuningdek, 20 nafardan ziyod fuqarolar mehnat qonunchiligi, tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish yo‘nalishlari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha soha mutaxassislaridan huquqiy maslahatlar olishdi.