Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Buvayda tumanidagi 2-sektor hududida “Bo'sh ish o'rinlari” mehnat yarmarkasi o'tkazildi.

error

2023-02-24

✅ Yarmarkada, Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi “Temir”, “Ayollar”, “Yoshlar” daftarida turuvchi mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar, chet eldan qaytgan mehnat migrantlari hamda jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan  95 nafardan ortiq fuqarolar taklif etildi

✅ Yarmarkada 41 ta korxona va tashkilotlar 330 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

✅ Tadbir davomida, jami 22 nafar fuqarolar ishga joylashtirish uchun yo‘llanma berildi (10 nafar ayollar daftari, 5 nafar yoshlar daftarda turuvchi fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlandi), 15 nafar fuqaro Buvayda tumanidagi “Ishga marhamat" monomarkaziga kasbga qayta o‘qitishga yuborildi, 20 nafari haq to`lanadigan jamoat ishlariga yuborildi, 20 nafar ayollar kasanachilik asosida ishga qabul qilindi va tikuvchilik bilan shug‘ullanishlari uchun tikuv mashinalari berildi .