Yangiliklar
Yangiliklar
2023-02-27
Farg‘ona viloyat prokuraturasi hamda Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining ahamiyati, mazmun-mohiyati, amaldagi kodeksdan farqli jihatlari, kiritilgan yangi normalar hamda uni amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining ayrim jihatlari, ish beruvchilar va xodimlarga eslatma tarzidagi bukletlar va savol-javob tarzidagi qo‘llanmalar tarqatildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan savol-javob o‘tkazilib, yangi tahrirdagi kodeksni amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Farg'ona viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing