Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

HOKIM YORDAMCHILARI XITOYDA AMALIYOT O‘TAYDI

error

2023-04-19

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda “Chongqing” xalqaro hamkorlik trening markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.


🛄Unga ko‘ra, yurtimiz mahallalaridagi 9 ming 400 nafar hokim yordamchilari “Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikni qisqartirish” mavzusida ikki hafta mobaynida xitoylik mutaxassislardan onlayn ta’lim oladi. 

Mazkur loyihaning 2-bosqichida 200 nafar hokim yordamchilari shu yilning kuz oylarida  Xitoyda ikki haftalik amaliyot o‘taydi.

Mazkur amaliyotni o‘tash bilan bog‘liq xarajatlar “Chongqing” xalqaro hamkorlik trening markazi tomonidan qoplab berilishi ko‘zda tutilgan.