Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Xalq xizmatida...

error

2023-04-20


   Farg‘ona viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Abdullayev hamda Quva tuman prokurori 2-chi sektor rahbari O.Toshmatov hududda aholini ijtimoiy barqarorligi, muhofazasi, bandligi va shu yo‘nalishdagi mavjud kamchiliklar bilan yaqindan tanishib, bir qator muhim masalalarga ijobiy yechim topishdi.


Bo‘sh yotgan va qarovsiz yerlarni aholini qo‘shimcha daromad manbaini oshirish va hayot tarzini yaxshilash maqsadida, Quva tumani ishsizlik yuqori  bo‘lgan

“Bolalik” MFY hududida joylashgan anhor bo‘yiga yaqin sakkizta xonadonga  muhofaza zonasidan ko‘chatchilik hamda o‘rdakchilikni tashkil etish uchun anhor qirg‘og‘idan 60 metrdan joy ajratilib, mazkur yo‘nalishlarni har taraflama rivojlantirish uchun mahalliy aholiga imtiyozli kreditlar ajratish masalasi ham yechildi.


Mazkur yo‘nalishda mutasaddilarimiz hududma-hudud yurishib mahalliy aholi bilan yaqindan ishlashlari davom etmoqda.