Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlarini bilasizmi?

error

2023-04-25

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevralda qabul qilingan  “Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (https://lex.uz/uz/pdfs/6389635) ilovasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlarining ro‘yxati quyidagi tartibda keltiriladi.


1. Qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar to‘qish

2. Uy sharoitida loydan tandir tayyorlash

3. Atlas va adras to‘qish

4. Mayda munchoq (biser) tikish

5. Do‘ppido‘zlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash

6. Temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash

7. Asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash

8. Quroqchilik usulida ko‘ylak, ko‘rpa va yopinchiqlar tikish

9. Qo‘ziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish

10. Pichoq tayyorlash, charxlash va sotish

11. Qog‘ozdan qutilar, banderollar tayyorlash

12. Uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish

13. Tayyor mahsulotga etiketka biriktirish

14. Uy sharoitida bolalar o‘yinchog‘i ishlab chiqarish

15. Uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash

16. Yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash

17. Milliy taqinchoqlar yasash

18. Kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash

19. Dag‘al jundan gilam, ko‘rpa va yostiq tayyorlash