Yangiliklar
Yangiliklar
2022-07-16
Shu kunlarda ayrim shaxsiy blog egalari, telegram kanallar xorijda ish taklif etuvchi eʼlonlarni o‘z veb kengliklarida chop etish holatlari uchramoqda.
Mazkur reklama tipidagi eʼlonlarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli litsenziyasini olmagan, xorijga ishchi kuchi jo‘natish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarning yolg‘on maʼlumotlari joylashtirilmoqda. Barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga shuni eslatamizki, o‘z nashringizda bunday xarakterdagi maʼlumotni joylashtirishdan avval, eʼlon egasining yuridik hujjatlarini tekshiring, aks holda huquqbuzarlikka sharoit yaratib berilishida hissador bo‘lib qolishingiz mumkin.
Farg'ona viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing