Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

error

2024-08-23

#Tayinlov 
Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug‘iga asosan Saydullayev Maxsudali Ibragimjonovich — Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat olib borayotgan edi. 

Bugun viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Maxsudali Saydullayev viloyat jamoatchiligiga hamda tizim vakillariga tanishtirildi.

2023 yilning fevral oyidan buyon Bosh boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Anvarjon Abdullayev Qo‘shtepa tumani hokimi etib tayinlangandi.