Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish faoliyatini bo‘lmoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun doimiy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

error

2024-01-03

Xususan, Quvasoy shahar A.Temur MFY hokim yordamchisi F.Mamadaliyevni tavsiyasiga asosan ushbu mahallaning Isfayram ko‘chasi 60-xonadonda yashovchi fuqaro D.Oxunovaga subsidiya asosida, 1 sotix maydonda issiqxona qurib berilgan bo‘lib, fuqaroning samarali va maqsadli faoliyati Kuvasoy shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i E.Tashbekov tomonidan monitoring qilindi. Fuqaro bilan suhbat jarayonida kzrsatilgan yordam va ko‘mak uchun Muxtaram Yurtboshimizga o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda hozirda issiqxonada samarali foydalanib kelayotganligini ma’lum qildi.