Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bosh boshqarma boshlig'ining Bayram tabrigi

error

2024-03-20

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar! Hurmatli hamkasblar! Avvalo Siz azizlarni va Sizlar orqali tizimda mehnat qilayotgan barcha ishchi-xodimlar hamda oila a’zolaringizni xalqimizni sharqona yangi yil – Navro‘z bayrami bilan samimiy tabriklayman.

Barchangizga tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik, baxtu saodat va ulkan yutuqlar tilayman. Navro‘zi olam har bir inson, har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, yaxshilik va fayzu baraka olib kelsin. Muhtaram otaxon va moʻtabar onaxonlarimizning umrlari uzoq bo‘lsin. 

Yurtimiz tinch va osoyishta, xalqimiz doimo sog‘-omon bo‘lsin!

Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin! 

Maxsudali Saydullayev Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i.