Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH - HALOLLIK VA SHAFFOFLIK ASOSI

error

2026-05-12

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH - HALOLLIK VA SHAFFOFLIK ASOSI

Bugun, 12 may kuni Uchko‘prik tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi X.Abdullayev ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasidagi vazifalar haqida so‘z yuritildi

Shuningdek, xodimlar tomonidan xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir yakunida bo‘lim xodimlaridan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kafolat xatlari olindi.