Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

QOG‘OZ MEHNAT DAFTARChASI OChILMAGAN XODIM IShDAN BO‘ShASA, UNGA QAYSI DAFTARChA BYERILADI?

error

2022-07-18

SAVOL.
Xodimga qog‘oz mehnat daftarchasi ochilmagan, YaMMTda elektron mehnat daftarchasi ochilgan. Xodim 13 iyulь kunidan ariza yozib ishdan bo‘shamoqchi, qonun bo‘yicha ishdan bo‘shagan xodimga mehnat daftarchasini berishimiz shart, lekin qog‘oz daftarcha ochilmagan xodimlarniki nima bo‘ladi? Ularga qanday daftarcha berishimiz kerak?

JAVOB.

Haqiqatdan ham, Mehnat kodeksining 108-moddasiga asosan:

➖mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi shart.

Ya'ni, bu qoidada ishdan bo‘shagan xodimga shu kuning o‘zidayoq mehnat daftarchasi berilishi shartligi ko‘zda tutilmoqda va Sizning havotiringiz shu normaning ijrosi bilan bog‘liq.

Biroq, Yagona milliy mehnat tizimi (YaMMT) bazasi joriy etilgandan beri, amalda qog‘oz mehnat daftarchasi blankalarini ishlab chiqarish va muomalaga chiqarish to‘xtatilgan.

Tizim joriy qilingandan beri, qog‘oz mehnat daftarchalari ochilmagan va yangi ishga kirayotgan fuqarolariga aynan mana shu YaMMT tizimi orqali elektron mehnat daftarchalari yuritilmoqda.

▪️Ana shu amaliyotdan kelib chiqib bizdagi fikr shunday, ya'ni mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni:

➖qog‘oz mehnat daftarchasi ochilgan va bu daftarchasi ish beruvchida saqlanayotgan xodimga aynan uning qog‘oz mehnat daftarchasini berilishi kerak;

➖biroq ishga kirish davrida qog‘oz shaklida emas, YaMMT orqali elektron mehnat daftarchasi ochilgan xodimga ana shu elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma berilishi kerak. Va bu ko‘chirma ish beruvchi tomonidan imzo va muhr bilan tasdiqlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.