Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Xurmatli Yagona milliy mehnat tizimi foydalanuvchilari!

error

2022-07-28

Sizga ma'lumki Vazirlar Mahkamasining 971-sonli qaroriga muvofiq YaMM tizimida ish beruvchilar tomonidan kiritilib shakllangan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari 5 kunlik muddatdan so‘ng avtomatik ravishda Milliy vakansiyalar bazasiga chiqishi hamda ushbu bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga shahar va tuman ABKM (mehnat birjalari)ga murojaat qilgan ishsiz fuqarolarga elektron yo‘llanma berish yo‘lga qo‘yildi.

Biroq, ushbu bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari ish beruvchilar tomonidan noto‘g‘ri yaratib qo‘yilganligi yoki mavjud emasligi natijasida yuzaga kelganligi sababli yo‘llanma asosida yuborilgan fuqarolar asossiz qaytarib yuborish xolatlari muntazam kuzatilmoqda.

YaMM tizimiga ish beruvchilar tomonidan noto‘g‘ri yaratilgan yoki mavjud bo‘lmagan bo‘sh ish o‘rinlari Milliy vakansiyalar bazasidagi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlarining soni asossiz ravishda oshib ketishiga olib kelmoqda.

Bunday xolatlar ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligini buzish va rioya etmaslikka tenglashtiriladi hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va 229-moddasi bo‘sh ish o‘rinlarini yashirish bilan barobar kvalifikasiya qilinadi hamda Davlat mehnat inspektorlari tomonidan navbatdagi o‘rganishlarda ko‘rib chiqilishini ma'lum qilamiz.

Hurmatli ish beruvchilar mas'ul xodimlar tomonidan mehnat qonunchiliga og‘ishmay rioya etilishini nazoratga olishingizni hamda

YaMM tizimi shaxsiy kabinetingizdagi ish o‘rinlaringizni shtat jadvaliga muvofiqlashtirib haqiqiy yuzaga kelgan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlarini tizimda qayd etishingizni so‘raymiz.
 Hurmat bilan,
Farg‘ona viloyat Bandlik bosh boshqarmasi ma'muriyati