Yangiliklar
Yangiliklar
2022-07-28
Bugun xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyatining kichik majlislar zalida xalq deputatlari viloyat Kengashining “Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investisiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda quyidagi 2 ta masala:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ishchi guruhi tomonidan hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072 sonli qaroriga asosan jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlar uchun “Fuqarolar tashabussi jamg‘armasi”dan ajratilgan mablag‘larni maqsadli sarflanishi yuzasidan olib borilayotgan nazorat tadbirlari yuzasidan soha mas'ullarining xisobotlari eshitilib, mazkur masalalar komissiya a'zolari tomonidan atroflicha muxokama etilib, xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.