Yangiliklar
Yangiliklar
2022-08-01
Ishdan mahrum bo‘lgan, birinchi marta ish qidirayotgan, shuningdek uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashni istagan va ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi to‘lanadi .
Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e'tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatdan o‘tgan kundan e'tiboran tayinlanadi.
Qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan, 35 yoshga to‘lmagan ishsiz erkakka ishsizlik nafaqasi u haq to‘lanadigan jamoat ishlarida belgilangan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi.
Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab kechi bilan o‘n birinchi kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Ishsizlik nafaqasi ko‘pi bilan:
— ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan yoki uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga 12 oylik davr mobaynida 26 kalendarь hafta;
— ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa 13 kalendarь hafta mobaynida to‘lanadi.