Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

OLIS SO'X TUMANIDAGI AHOLI BANDLIGI TA'MINLANMOQDA!

error

2022-08-08

         2022 yil 8 avgust kuni So‘x tumani “Tristar Go 2022” korxonasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokraturasi hamda Farg‘ona viloyat prokuraturasining tashabbusi bilan bo‘sh ish o‘rinlari  mexnat yarmarkasi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokraturasi, viloyat prokuraturasi, bandlik bosh boshqarmasi, tuman xokimi, tuman prokuraturasi, IIB bo‘limi boshlig‘i, DSI  boshlig‘i, maxalla fuqarolar yig‘inlari xokim yordamchilari, Maxalla va oilani kullab kuvvatlash tumani bo‘limi va tumandagi korxona va tashkilotlar, xususiy sektor vakillari ishtirok etdi.
          Mehnat yarmarkasida  tuman hududida joylashgan 34 ta tashkilotlar o‘zlarida ishlab chikarilgan maxsulotlar namunalari, korxona faoliyatini to‘lik yorituvchi ko‘rgazmalar xamda o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan jami 189 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashishdi.
 Mexnat yarmarkasida jami 334 nafar ( 176 nafar ayollar, 129 nafar yoshlar)  fuqarolar ishtirok etib, shundan tuman korxona va tashkilotlarga 61 nafar ( 35 nafar ayollar, 19 nafar yoshlar) fuqarolar ishga joylashtirildi.
Shundan, tuman Halq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi umum o‘rtata'lim maktablariga 18 nafar, tibbiyot birlashmasiga 5 nafar hamda “Tristar Go 2022” korxonasiga 32 nafar fuqarolar doimiy ish bilan ta'minlandi.
Bundan tashqari ish so‘rab murojaat qildgan ishsiz 117 nafar ( 44 nafar ayollar, 29 nafar yoshlar)  fukarolarni jamoat ishlariga jalb etildi.
Shuningdek 55 nafar ayollarga (32 nafar yoshlar) “Fergana-Oseana” MChJ hamda Farg‘ona tumanida joylashgan kasb-xunar markazi qoshidagi So‘x tuman maskaniga tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha kasb-xunar o‘rganish uchun o‘quv kurslariga jalb etildi.
162 nafar (42 nafar ayollar, 49 nafar yoshlar) fuqarolarga mehnat qonunchiligi,  mexnat muxofazasi va boshqa masalalar yuzasidan kerakli maslaxatlar berildi.
31 nafar mutaxassisligi bo‘lmagan ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlar “Tristar Go 2022” korxonasiga bandligini ta'minib, malakasini oshirish uchun bandlik jamg‘armasi xisobidan uquv xarajatlari uchun 80 352 000 so‘m pul mablag‘lari o‘tkazib berildi.
Shu bilan birga ushbu tadbirda Ayollar daftariga kiritilgan 27-nafar fuqarolarga maxalla jamg‘armasidan  subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi jamoat ishlari jamg‘armasi xisobidan  “Tristar Go 2022” korxonasiga ijara asosida 40 dona  265 000 000 so‘mlik tikuv mashinasi berildi.