Yangiliklar
Yangiliklar
2022-08-25
Hozirda, inson manfaatlarini ta'minlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerakligiga alohida urg‘u berilmoqda. Yurtimizda xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini ta'minlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iborat. Shu munosabat bilan Farg'ona viloyati xokimi X.Bozarov fuqarolar bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan band bo‘lmagan aholini bandligiga ko‘maklashish maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.Yarmarkada 32 ta korxona, tashkilot va muassasa vakillari o‘zlarida mavjud 220 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarka doirasida iqtisodiyotning turli sohalariga 9 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 10 nafar fuqaro kasbga qayta o‘qitishga yuborildi.100 nafardan ortiq fuqaroga mehnat qonunchiligi, o‘zini o‘zi band qilish, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashish, ishsizlik nafaqasi olish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.