Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Toshloq tumanida aholi bandligini ta`minlash bo`yicha korxonalar bilan hamkorlik yo`lga qo`yilmoqda

error

2022-10-14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4804-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 apreldagi 183-son qarori qabul qilingan. Qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda «Ishga marhamat» monomarkazlari davlat muassasalari shaklida tashkil etilgan. Ushbu monomarkazlarning maqsadi aholining ishchanlik faolligini oshirish, ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar ko‘nikmalariga o‘qitishdan iborat. Shu yilning 12 oktyabr kuni  Posco International Textile LLC kompaniyasi Qumtepa to‘quv korxonasida, Toshloq tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlik qilish taklifi asosida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Qumtepa to‘quv fabrikasi direktori Cho Dje In, korxona bosh menedjeri Raxmonov Muminjon Sultonboyevich, xodimlar bo‘limi noziri Tilyabayeva Matluba Ashurovna, Toshloq tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari o‘rinbosari Qazaqov Vohidjon Erkinovich hamda 4 nafar bo‘lim bosh mutaxassislari ishtirok etishdi. Korxona direktori Cho Dje In korxonaga kelgan mexmonlarni iliq kutub olib, o‘zlarining qimmatli vaqtlarini ajratib kelganliklari uchun tashakkur bildirdi.Korxona rahbari Posco International Textile LLC kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida 26 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotganiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Korxonadagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida gapirib, mexmonlarni ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishni taklif etdi. Uchrashuvda fikr – mulohazalar, muammo va takliflar bildirildi.Shuningdek bandlik markazi mutaxassislari tomonidan ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan Toshloq tumaning chekka xududlariga avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish, yoshga doir cheklovlar qo‘ymaslik, hayotiy tajribasizlik va  extiyotsizlik tufayli ahloq tuzatish ishlarida ro‘yxatda turadigan fuqarolarni ham ish bilan ta’minlashda yordam berish, ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy monomarkazi bilan ham hamkorlikda ishlash takliflarini bildirishdi. Korxona rahbari bildirilgan takliflar uchun minnatdorchilik bildirib, ushbu takliflarni kompaniyadagi barcha rahbarlar bilan birgalikda ko‘rib chiqilishini aytib o‘tdi. Uchrashuvga kelganlarni barchalari korxona xududi, faoliyati, ishchilarga yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishtirildi. Korxonaga kelgan mexmonlar  to‘quv korxonasining ishlash faoliyatini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, tanishish gashti o‘zgacha ekanini, korxona ularda katta ta’ssurot qoldirgani haqida aytib o‘tishdi. Uchrashuv yukunida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari o‘rinbosari Qazaqov Vohidjon hozirgi kunda ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish, ularni ish bilan ta’minlash eng dolzar masalalaridan biri ekanini takidlab,  “Ishsiz va band bo‘lmagan aholini bandligiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan Posco International Textile LLC kompaniyasi rahbariyati”ga o‘z minnadorchiligini bildirdi. Posco International Textile LLC kompaniyasi bilan hamkorlikda uzoq yillar birga ishlashga Toshloq tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tayyorligini bildirdi.