Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Ozbekiston tumanida "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi o'tkazildi.

error

2022-10-14

Ozbekiston tumani Аholi bandligiga koʼmaklashish markazi tomonidan  "15-oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi o'tkazildi. Mehnat yarmarkasida 20 ga yaqin korxona va tashkilotlar o'zining jami 100 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari bilan faol ishtirok etdilar. Yarmarka doirasida iqtisodiyotning turli sohalariga  7 nafar ishsiz fuqarolarga ishga joylashish uchun yo'llanmalar berildi. 10 nafar fuqaro kasb-hunar o'rganish maqsadida oʼquv markazlariga yoʼnaltirildi. 20 nafardan ortiq fuqaroga mehnat qonunchiligi, o‘zini o‘zi band qilish, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashish, ishsizlik nafaqasi olish bo‘yicha  huquqiy maslahatlar berildi.