Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Бувайда туманида хотин-қизлар бандлигини таъминлаш мақсадида "Бандлик майдончаси" ташкил этилди.

error

2022-11-07

Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularni bo'sh (vakant) hamda mavsumiy ish o'rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunarga o'qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida Buvayda tumani Buvayda mfy Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi  tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha xokim o‘rinbosari hamkorligida “Bandlik maydonchalari” tashkil etildi  va “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi”o'tkazildi. Unda tumandagi 6 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlarining 114 ga yaqin bo'sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarkaga 31 nafardan ziyod ish bilan band bo‘lmagan ayollar jalb qilinib, 5 nafariga kasb-hunarga o‘qishga yo‘llanmalar,  6 nafariga ishga joylashtirish yo‘llanmalar berildi.  O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlarida ishtirok etgan 25 nafar fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan mehnatga oid masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi.