Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Fargo`na tumanidagi Sanoat korxonasida mehnat yarmarka o`tkazildi.

error

2022-11-19

      Aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Farg`ona tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan tuman xududidagi “Bahodir Log‘on tekstil” MCHJda mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

     Tadbirga jalb etilgan ishsiz fuqarolarga band boʼlmagan axolini bandligini taʼminlashga qaratilgan maqsadli dasturlar ijrosi yuzasidan xamda ayollar va yoshlar hamda bitiruvchilarni hayotda va jamiyatda munosib oʼrin topishlari uchun uchrashuvlar va mehnat yarmarkalari tashkil etilayotganligi, yurtimizda oʼqish, ishlash, tadbirkorlik va biznes uchun qulay shart-sharoitlar va qonuniy imtiyozlar toʼliq kafolatlanganligi, yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, xalq farovonligi, yurt ravnaqi, tinchligi va jamiyat rivojiga munosib hissa qoʼshib, xar bir ishga kirmoqchi bo`lgan fuqarolarning kelgusi ijtimoiy taʼminoti kafolatlanishi toʼgʼrisida tushinchalar berdi.

    Tuman Aholi bandligiga koʼmaklashish markazi va MCHJ mas’ul xodimlari yarmarka qatnashchilariga “Bahodir Log‘on Tekstil”MCHJdagi mavjud sharoitlar yaʼni 2 maxal issiq ovqat, mavsumiy kiyim-boshlar, xodimlarni uylaridan ishga olib kelib-ketishlarini uchun maxsus avtobuslar, xar bir bo`limlarni ichida nazorat kameralari,  ish jarayonlarini olib borishlari, zamonaviy mashinalar bilan ishlashligi toʼgʼrisida gapirib oʼtildi. Shundan soʼng yarmarka ishtirokchilarini seminar tartibida “Bahodir Log‘on Tekstil” Maʼsuliyati cheklangan jamiyatidagi mavjud sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida xar bitta boʼlimlarga olib kirildi va ish jarayonlari bilan tanishtirildi va oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

        O’tkazilgan mehnat yarmarkasiga jalb qilingan 79 nafar fuqarolarning 22 nafari ishga kirish istagini bildirdi,  10 nafar xotin-qizlarga tikuvchilik yo’nalishida o’qish istagi borligi sababli kasbga qayta o`qitishga jalb etildi.

        Uchrashuvda ishsiz ayol-qizlarga jamoat ishlariga jalb qilish uchun, kasb-hunarga o‘qitish uchun, subsidiyalar berish uchun  huquqiy maslahatlar berildi.