Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Армияда хизматни ўтаган фуқароларни иш билан таъминлаш тизимининг самарадорлиги юзасидан бугун Фарғона вилояти Бандлик Бош бошқармаси бошлиғи С.Давлатов иштирокида брифинг ўтказилди.

error

2023-02-08

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil  2-iyundagi “Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shahar hokimliklari huzurida  tegishli komissiyalar tashkil etish to‘g‘risida”gi 339-sonli qaroriga asosan Farg‘ona viloyat hokimining 2017 yil 13 iyunь kungi 335-sonli qarori qabul qilingan va shu qaror bilan  hududiy komissiya tarkibi tasdiqlangan hamda viloyat hokimining mazkur qarori asosida tuman-shahar xokimlarining tegishli qarorlari qabul qilingan.Shahar va tuman hokimliklari huzurida ham hududiy komissiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Bag‘dod tumani hokimining 2017 yil 17 iyunь kungi 716-sonli, Buvayda tuman hokimining 2017 yil 17 iyunь kungi 854-sonli, Uchko‘prik tuman hokimining 2017 yil  21 iyunь kungi 871-sonli qarorlari bilan ushbu hududlarda hududiy komissiya faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan.Bundan tashqari Qo‘shtepa va Oltiariq tumani hokimliklariga muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha hududiy komissiya faoliyati samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. 2020-2021 yillar davomida viloyatda muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kredit olish uchun sug‘urta xarajatlarini qoplash uchun 5 nafar fuqaroga 13,4 mln.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilgan. Qo‘shtepa tumanida 3 nafar harbiy xizmatdan qaytgan fuqaroga   8.9 mln.so‘m, Beshariq tumanida 1 nafar harbiy xizmatdan qaytgan fuqaroga  2.2 mln.so‘m, Quva tumanida 1 nafar harbiy xizmatdan qaytib kelgan fuqaroga 2.2 mln.so‘m, bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilgan. Jumladan, Beshariq tumani Qiyat qishlog‘ida yashovchi harbiy xizmatdan qaytgan Raimov Asadbek Sodikjon o‘g‘liga bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2.2 mln.so‘m subsidiya mablag‘i ajratilib, yengil konstruktsiyali issiqxona qurib berish uchun subsidiya mablag‘lari ajratilgan. Quva tumani Baynalminal mfyda yashovchi, harbiy xizmatdan qaytgan Abdumajidov Muxidin Xalimjon o‘g‘liga bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2.2 mln.so‘m subsidiya mablag‘i ajratilib, yengil konstruktsiyali issiqxona qurib berilgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatta navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida" 
PQ-140-sonli Qaroriga asosan viloyat bo‘yicha Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan 2 339 nafar fuqarolardan 134 nafari harbiy qismda shartnoma asosida qolganlar tashkil etib, 2 205 nafar bandligi ta’minlanishi lozim bo‘lib, shundan 2 057 nafar banligi ta’minlangan ya’ni, 328 nafari rasmiy ishga joylashgan  (shundan 128 nafari aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan ishga joylashtirilgan), 134 nafari huquqni muhofaza qilish organlariga ishga joylashgan, 587 nafari o‘zini-o‘zi band qilgan, 22 nafari o‘quv kurslarida o‘qiydi (shundan 3 nafari ABKM tomonidan qayta kasbga o‘qishga yuborilgan), 315 nafari oliy ta’lim muassasalariga, 8 nafari harbiy oliy ta’limga o‘qishga kirgan, 682 nafari norasmiy mehnat faoliyati bilan band. 148 nafari hisobdan chiqarilganlar (vafot etishi, sudlanishi, chet elga chiqib ketishi hisobiga)ni tashkil etadi.