Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Yozyovon, Qo'shtepa hamda Farg'ona tumanlarida yig‘ilishlar bo'lib o'tdi. Xabaringiz bor, viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh tomonidan shahar-tuman bo'limlarida "Odob-axloq komissiyasining" yig'ilishlari bo'lib o'tmoqda. Navbatdagi yig'ilish yuqoridagi bo'limlarning rahbar-hodimlari ishtirokida bo'lib o'tdi. Bosh boshqarmaning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish shoʻbasi mudiri J.Musayev hamda "Komplaens nazorat" shoʻbasi bosh mutaxassisi X.Abdullayevlar ishtirokida tashkil etilayotgan yig'ilishlarda har bir xodim o‘z kasbiy faoliyatini qonuniylik, xizmat vazifasiga fidoiylik, yuklangan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qatiy rioya etishi, halollik va xolislik, davlat xizmatining obro'siga putur etkazadigan xatti-harakatlardan tiyilishi, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi kurashish lozimligini ta’kidlab o'tilmoqda. Yig'ilishlar davom etmoqda. 🌐 Bosh boshqarma Axborot xizmati (https://t.me/farbandlik_info)

error

2023-10-28